Bekobodda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Oliy liga o‘yinidan o‘rin olgan “Metallurg” va “Andijanka” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda katta janjal ro‘y bergan. 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgan andijonlik sportchi qizlar hakamning qaroridan norozi bo‘lib, uni do‘pposlashgan. Natijada o‘yin o‘z yakuniga yetmay qolgan. Bu haqda Abror Imomxo‘jayev Twitter’dagi sahifasida xabar bergan.
https://twitter.com/A_Imamkhodjaev/status/466937434723610624
“Bekoboddagi ‘Metallurg’—‘Andijanka’ uchrashuvi futbolchilarning dahanaki jangi va hakamni do‘pposlanishi tufayli yakuniga yetmay qoldi”, – deb yozadi Imomxo‘jayev Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)