Namanganda “Yuksak ma’naviyatli avlod” respublika iqtidorli yoshlar festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Birinchi va ikkinchi bosqichlarida 77 ming nafardan ziyod 14—25 yoshli o‘g‘il-qiz ishtirok etgan festivalning viloyat bosqichida 216 nafar yosh o‘z omadini sinab ko‘rdi. Hay’at a’zolariga Prezident asarlari bilimdoni, yuksak ma’naviyatli avlod, yosh jurnalist, o‘z asarlarida milliylikni aks ettirgan rassom va dizayner, yosh san’atkorlar, eng iqtidorli hunarmand kabi nominatsiyalar bo‘yicha ijodiy ishlarini taqdim etdi.
M. Azizxo‘jayeva, M. Dadajonova, B. Biloliddinov, M. Inomova, S. Karimova, A. Abdulhamidov, A. Dehqonov singari o‘quvchi-yoshlar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ular endi festivalning mamlakat bosqichida qatnashadi.
Tadbir g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)