Samarqand shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan ATP-Challenger turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning yakkalik bahslarida chorak final uchrashuvlari o‘tkazildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Mazkur xalqaro turnirda to‘rtinchi raqam ostida saralangan Farrux Do‘stov ushbu bosqichda rossiyalik Valeriy Rudnevni 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etib, zafarli odimlashda davom etmoqda.
Endi Farrux final yo‘llanmasi uchun kechadigan bahsda Boi Vesterxoffga (Gollandiya) qarshi kortga tushadi. Gollandiyalik tennischi chorak finalda rossiyalik Karen Xachanovni 6:1, 6:4 hisobida yengishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi yarim final bahsida Gerald Melser (Avstriya) — Aslan Karatsev (Rossiya) o‘zaro kuch sinashadi.
Izoh (0)