Beeline aloqa operatori Beeline Club bonusli dasturining yangi imkoniyatlari haqida xabar berdi. Beeline Club’ning barcha ishtirokchilari o‘zbek estradasi yulduzlari va Comedy.uz rezidentlari ishtirokidagi “Voy-dod shou” bayramona konsertiga chiptalarni 20% chegirma bilan xarid qilishi mumkin.
Buning uchun abonentlar Turkiston yozgi saroyining kassasiga kelib, kassa yonida *777*7*101# USSD kodini terishi va javob tarzida “Siz “Voy-dod shou” gala-konsert chiptalariga 20% chegirmaga ega bo‘ldingiz!” mazmunidagi SMS olishi kerak. Chegirmasiz chiptalarning narxi — 20 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha.
Gold va Platinum tarif rejalarining abonentlari Turkiston saroyining g‘aznachisiga Beeline Club kartasini ko‘rsatib, 20% chegirmaga ega bo‘lishi mumkin. Beeline Club chegirmasining narxi — 70 ball.
Konsert 18-may kuni soat 18:30 da Turkiston saroyining yozgi maydonida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)