Samarqand shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan ATP-Challenger turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning yakkalik bahslarida chorak finalchilar aniqlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan sakkiz nafar tennischi orasidan o‘zbekistonlik Farrux Do‘stov ham o‘rin egalladi.
O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi nimchorak finalda gollandiyalik Van der Dyuymni ikki set yakunlariga ko‘ra 6:4, 6:4 natijasi bilan mag‘lub etdi.
Chorak finalda Farrux Do‘stov rossiyalik Valeriy Rudnev bilan kuch sinashadi. Rossiyalik tennischi nimchorak finalda Denis Malchanovni (Ukraina) 4:6, 6:3, 6:4 hisobida yengdi.
Chorak final uchrashuvlari 16-may kuni o‘tkaziladi.
Izoh (0)