Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1984-yil 14-may kuni AQShning Nyu-York shtati Uayt-Pleyns shahrida dunyoga kelgan.
Rossiyaning Birinchi kanali Facebook’dagi sahifasida Mark Sukerberg haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’lon qilgan. Unda aytilishicha, Mark deytanopik, ya’ni ranglarni yomon farqlaydigan insonlardan bo‘lib, u qizil va yashil ranglarni Facebook’ning asosiy rangi — ko‘kka nisbatan qiyinroq ajratadi.
Shuningdek, Sukerberg o‘zi yaratgan ijtimoiy tarmoqda to‘rtinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan, dastlabki uchtasi sinov tarzida ro‘yxatga olingan.
Gentlemen’s Quarterly — erkaklar modasi bo‘yicha jurnal tahliliga ko‘ra, Mark Sukerberg Kremniy vodiysida istiqomat qiluvchi eng didsiz kiyinadigan kishidir.
Izoh (0)