Birinchi o‘zbek blokbasteri sifatida eng ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Geolog. Ajaldan kuchliroq” filmining premyerasi belgilandi, deb xabar berdi Popcorn.uz.
22-may kuni soat 18:00 da “Samarqand darvoza” savdo majmuasida bo‘lib o‘tadigan premyeraga san’at, sport va shou-biznes olami vakillari taklif etilishi kutilmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, savdo majmuasining ikkinchi qavatida film taqdimoti bo‘lib o‘tsa, mazkur jarayonni ko‘psonli tomoshabinlar uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda turib bevosita tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Izoh (0)