Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samsung Super AMOLED displeyli ikkita — 8,4 va 10,5 dyuymli Galaxy Tab S planshetlarini chiqarishni rejalashtirmoqda. Tarmoqda ularning kattasiga tegishli ilk suratlar paydo bo‘ldi. Bu haqda mail.ru xabar berdi.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

 

 

Qurilmaning Galaxy S5 kabi “teshik-teshik”plastikdan iborat dizayni haqida avval paydo bo‘lgan xabarlar o‘z tasdig‘ini topdi. Shuningdek, har ikkala qurilma planshetlar ichida birinchi bo‘lib barmoq izi skaneri bilan jihozlandi.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Samsung Galaxy Tab S variatsiyalari 3 Gb tezkor xotira, 2,1 megapikselli old va 8 megapikselli asosiy kameraga ega. Ular Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.

Super AMOLED planshetlari bilan birga, Samsung yana bir yangi qurilmasi — LCD-displeyli 13,3 dyuymli planshetni ham taqdim etishi taxmin qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi