Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sirdaryo viloyatidagi to‘qqizta qishloq vrachlik punkti quyosh batareyalari quvvatidan foydalanadigan bo‘ldi, deb yozadi “Xalq so‘zi” gazetasi.

Foto: greenevolution.ru

Foto: greenevolution.ru

Ushbu loyiha Sirdaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi homiyligida amalga oshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston hamshiralar assotsiatsiyasi Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan ham Oqoltin tumanidagi “Bobur” qishloq vrachlik punktiga bitta muqobil energiya qurilmasi o‘rnatildi.

— Quyosh batareyalari faoliyatimiz samaradorligini oshirish imkonini bermoqda, — deydi Sirdaryo tumanidagi “Sohil” qishloq vrachlik punkti mudiri Muhabbat Mo‘minova. — Qolaversa, bu orqali sarf-xarajatlarimiz miqdori keskin kamaydi. Hozir quyoshdan hosil qilinayotgan elektr quvvati barcha xonalarimizni yoritishga hamda texnik vositalarni ishlatishga yetayapti.

Shu kunlarda viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi homiyligida yana oltita qishloq vrachlik punktini ana shunday muqobil energiya manbai bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi