FIFA prezidenti Yozef Blatter beshinchi marta tashkilot prezidentligi uchun nomzodini qo‘yishga qaror qilganini bildirdi, deb xabar berdi Uff.uz.
“Ha, men qolmoqchiman. Men hali o‘z ishimni yakunlaganim yo‘q. Mening muddatim yakuniga yetmoqda, ammo ishimni davom ettirmoqchiman”, — deydi Blatter.
Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun yangi saylov 2015-yilning may oyida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)