FIFA Iroq futbol federatsiyasini vaqtincha diskvalifikatsiya qilishi mumkin. Tashkilot iroqliklardan may so‘ngiga qadar federatsiya prezidentligiga yangi saylov o‘tkazishni talab qilmoqda, deb yozadi Uff.uz.
Sport arbitraj sudi 2011-yil 18-iyunda bo‘lib o‘tgan saylovni haqiqiy emas, deb topgan edi. Bunga sabab, Iroq saylov oldidan tashkil etiladigan tayyorgarlik yig‘ilishini o‘tkazmagan. Bu esa FIFA qoidalarini buzish hisoblanadi.
Xalqaro futbol federatsiyatsiyasi bosh kotibi Jerom Valke va OFK bosh kotibi Dato Aleks Susey Iroq futbol federatsiyasini bu haqda rasman ogohlantirdi.
Izoh (0)