O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S. Yunusov nomli O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari shirin jo‘xoridan etanol olishning yangi usulini yaratdi, deb xabar berdi UzReport.
Ushbu ixtiro spirt olish uchun jo‘xori o‘simligi xom-ashyosiga yangi usulda ishlov berishdan iborat. Unda etanol olishning ikki usuli taklif etilgan va aynan shu jihati bilan muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida o‘simlikning poya qismi va donidan shakar moddalari chiqishi samarasi ko‘payadi.
Ma’lumot o‘rninda: Etil spirti dunyoda eng ko‘p sintez qilinuvchi va tibbiyotda keng qo‘llaniluvchi mahsulotlardan biridir. Shu bois, etanolga bo‘lgan talab ancha yuqori.
Izoh (0)