Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi majlisida qoidabuzar futbolchilarga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari qabul qilindi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Olmaliq” futbolchilari. Foto: fc-olmaliq.uz

“Olmaliq” futbolchilari. Foto: fc-olmaliq.uz

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Yoshlar Ligasi 7-turi doirasidagi “Mash’al”—“Olmaliq” uchrashuvida mehmonlar himoyachisi Temur Kagirov o‘z jamoadoshi sha’niga noma’qul (beadab) fikrlarni bildirgani uchun uchrashuv bosh hakami N. Boltayev tomonidan chetlatilgan.

Futbolchining bu harakatini ko‘rib chiqqan Tartib-intizom qo‘mitasi uni ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilishga qaror qilgan.

O‘zPFL matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan axborotga ko‘ra, qo‘mita qarorlari Oliy liga, Birinchi liga, Yoshlar ligasi va O‘zbekiston Kubogi doirasidagi uchrashuvlarda chetlatilgan 12 nafar futbolchi va bir nafar murabbiyga daxl qiladi, deb yozadi “Kun”.

Shundan beshta holatda futbolchilar va murabbiy raqib jamoa, o‘z jamoadoshi yoki hakam sha’niga noma’qul fikr bildirgani uchun maydondan chetlatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi