Mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Vyetnamning Xoshimin shahrida o‘tayotgan Osiyo chempionati chorak finalida yirik hisobda g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Musobaqaning guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallagan terma jamoamiz a’zolari yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda livanlik futzalchilar bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv boshidan hujumkor o‘yin namoyish etgan o‘zbekistonliklar 10-daqiqada hisobni ochdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Andrey Shlema gol kiritdi. Futbolchilardan Dilshod Rahmatov ikkita golga mualliflik qilgan bo‘lsa, terma jamoa sardori Shuhrat Tojiboyev, Farhod Abdumavlonov va Artur Yunusov raqib darvozasiga bittadan to‘p kiritdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida livanliklar oradagi farqni ikki to‘pga qisqartirdi — 6:2.
Endi o‘zbekistonliklar Osiyo chempionatining finaliga chiqish uchun Eron terma jamoasi bilan bahs olib borsa, ikkinchi yarim final bahsida Yaponiya va Quvayt terma jamoalari kuch sinashadi.
Izoh (0)