Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 7-may kuni Oqsaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uilyam Byornsni qabul qildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uilyam Byorns. Foto: amazonaws.com

AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uilyam Byorns. Foto: amazonaws.com

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda AQSh kompaniyalari ishtirokida tuzilgan 190 korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 53 tasi to‘laligicha xorij kapitali asosida tashkil etilgan. Mamlakatda AQShdagi 40 yetakchi korporatsiyaning vakolatxonalari ochilgan.

Suhbat davomida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Uilyam Byorns samimiy qabul uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, AQSh rahbariyati bundan buyon ham O‘zbekiston bilan turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi