2014-yil 16-maydan O‘zbekistonning ikkita viloyat markazi — Buxoro va Farg‘onani birlashtiradigan muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining saytida xabar berilgan.
Toshkent—Buxoro—Farg‘ona—Buxoro—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnov haftada bir marta juma kunlari Il-114-100 samolyotida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Toshkentdan uchish — 12:10, Buxoroga yetib borish —13:55
- Buxorodan uchish — 14:35, Farg‘onaga yetib borish — 16:20
- Farg‘onadan uchish — 17:00, Buxoroga yetib borish — 19:00
- Buxorodan uchish — 19:40, Toshkentga yetib kelish — 21:10
Izoh (0)