“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining navbatdagi uchrashuvida so‘nggi daqiqada “Valensiya” darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qolgan edi (2:2). Bu gol madridliklar uchun mavsumdagi yuzinchi gol bo‘ldi, deb yozadi “Turkiston press”.
“Real” bu natijaga Yevropa chempionatlaridagi jamoalar orasida birinchi bo‘lib erishdi. “Qirollik klubi” besh yildan beri mavsumda 100 tadan ziyod gol urayotganligini ham ta’kidlash lozim.
Jamoaning eng kuchli o‘yinchisi Ronaldu esa bir mavsumda darvozaga kiritgan to‘plari sonini to‘rt mavsumdan beri 50 tadan kamaytirmayapti. Krishtianu “Real”dagi faoliyati davomida 244 ta uchrashuvda qatnashib, 251 ta gol urgan. Ayni paytda madridliklar mamlakat chempionatida uchinchi o‘rinda bormoqda. Bugunga kelib ular Yevropa Chempionlar ligasining finaliga ham chiqdi.
Izoh (0)