Oliy liga yettinchi turining markaziy uchrashuvi hisoblangan “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin durang hisobida yakunlandi, deb yozadi Uff.uz.
Birinchi bo‘lib “Lokomotiv” jamoasi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Ivan Nagayev gol kiritdi. Shundan so‘ng “Paxtakor” futbolchilari hisobni tenglashtirishga astoydil harakat qildi.
28-daqiqada “Paxtakor” himoyachisi Merzlyakovning uzoqdan yo‘llagan zarbasi aniq darvozaga borib tushdi. Birinchi bo‘lim 1:1 hisobida yakuniga yetdi.
Ikkinchi bo‘limda “Lokomotiv” a’zosi Jasur Hasanov o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning tepgan to‘pi to‘g‘ri darvozaga borib tushdi.
Ushbu goldan keyin “Paxtakor” futbolchilari vaziyatni o‘nglash uchun harakat qildi. O‘yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida ular bunga muvaffaq bo‘ldi. Yegor Krimets jarima maydonchasidan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.
Izoh (0)