Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda shahar va aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish uchun 20 mingdan oshiq lola daraxti ko‘chatlari tayyorlanmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today xabar berdi.

Foto: liveinternet.ru

Foto: liveinternet.ru

2010-yilda bu daraxtdan mamlakat aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanish haqidagi qaror bilan Fanlar Akademiyasi O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi ko‘chatlarni tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.

O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti direktori Boboqul To‘xtayevning aytishicha, 2010-yilda institut xodimlari Toshkentda o‘sadigan lola daraxtlarining alohida turlarini aniqlashgan. 2011—2012-yillarda ularning urug‘larini to‘plab, ekishgan. Shu vaqt ichida 20 mingdan oshiq ko‘chat tayyorlangan.

Asli Amerikadan keltirilgan ushbu daraxt o‘zining lolani eslatuvchi gullari bilan bunday nomga ega bo‘lgan. U nafaqat chiroyli gullari, balki tez o‘sishi va katta shox-shabbasi bilan ham mashhurdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chiqib keting, bu zalda o‘tirishga haqqingiz yo‘q” — minglab gektar yer noqonuniy ajratilishi ortidan Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Mahalliy
“Janob Mo‘minov, yozmasangiz ham bo‘ladi. Kitobchangizni yoping, ruchkangizni kissangizga soling” — Farg‘ona tumani hokimi ishdan bo‘shatilib, guvohnomasi olib qo‘...
Mahalliy
“Binodan sharmanda qilib chiqarib yuborilsin” — Paxtaobod tumani hokimi Elyor Usmonov ishdan haydaldi