Navoiy shahrida Xitoyning SSK textile machinary xalqaro savdo kompaniyasi hamda O‘zbekistonning qurilish materiallari, to‘qimachilik, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, elektronika jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalari vakillari ishtirokida kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
– Korxonamiz maxsus ish kiyimlari, to‘shak va qoplamalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, – deydi Toshkent shahridagi Dina teks mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Vohid Ergashev. – Bugungi kunda buyurtma asosida 20 turga yaqin mahsulot tayyorlamoqdamiz. Birjada ko‘plab ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik o‘rnatish borasida kelishib oldik.
Tadbirda SSK textile machinary xalqaro savdo kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan paypoq, qo‘lqop ishlab chiqarish va tikuv dastgohlari tadbirkorlarga manzur bo‘ldi. Viloyat tadbirkorlari kompaniya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Birja doirasida ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida qariyb 1 milliard 200 million so‘mlik hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Izoh (0)