Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Joriy yil boshida Navoiy viloyatida Park Right S04 videonazorat tizimi joriy qilindi. U qachonlardir yo‘l harakati yoki tashish qoidalarini buzib, belgilangan muddatda jarima to‘lamagan hamda protokol tuzilgach olib qo‘yilgan hujjatlarsiz yurgan haydovchilarni aniqlashga yordam beradi.

Foto: bibi.uz

Foto: bibi.uz

Navoiy viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimining “Pravda Vostoka” nashriga ma’lum qilishicha, qurilma yo‘l-patrul xizmati mashinasiga o‘rnatiladi. Davlat raqami qarzdorlar ro‘yxatida bo‘lgan avtomashina paydo bo‘lishi bilan signal beriladi. Qurilma ekranida haydovchi haqida ma’lumotlar, qoidabuzarliklar ro‘yxati aks etadi. Mashina eng yaqindagi postda to‘xtatiladi.

Qurilma bazasi har kuni yangilanib turadi. Ma’lum bo‘lishicha, uskuna yordamida bir oy ichida o‘n ming nafar qoidabuzarning yetti mingidan jarimalar undirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...