Joriy mavsumda yevrokuboklar finalida bir yo‘la uchta ispan klubi to‘p suradigan bo‘ldi, deb xabar berdi Uff.uz.
Chorshanba kuni YeChL yarim finalida “Atletiko” “Chelsi”ni mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan bo‘lsa, Madriding “Real” jamoasi “Bavariya” ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishib, Chempionlar ligasi finalida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
Payshanba kuni “Sevilya” jamoasi “Valensiya”ni mag‘lubiyatga uchratib, Yevropa ligasi finaliga chiqdi va “Benfika”ga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda.
Bunday holat oxirgi marta 1985—86-yillardagi mavsumda ro‘y bergan edi. O‘shanda “Barselona” klubi Chempionlar ligasi finalida, “Atletiko” Kubok egalari Kubogi finalida, “Real” esa UEFA Kubogi finalida to‘p surgan edi.
Izoh (0)