Buxoro shahrida 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smir-qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yilgi musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Andijon, Jizzax, Namangan, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlaridan kelgan 100 dan ziyod sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Murosasiz kurashlar ostida kechgan chempionat yakunlariga ko‘ra, yakkalik va juftlik bahslarida Toshkent viloyati vakillari Stanislav Tyan, Ruslan Hamzayev, Komila Xoliqova birinchi o‘rinni egalladi.
Mikst (aralash) bahslarida poytaxtlik Islom Sultonov va Roza Hojiyeva juftligi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)