Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Yaypan shahridagi 65-ixtisoslashtirilgan maktab-internati (IDUMI) o‘qituvchisi Isroil Tillaboyev darslarida yangiliklar daqiqasi tashkil etgan. Tillaboyev “Daryo” va “Kun” nashrlari yangiliklaridan foydalanadi.
Isroil Tillaboyev “Daryo”ga jo‘natgan xatida: “Har bir darsimning 4—5 daqiqasida “Daryo” va “Kun” saytlaridagi eng so‘nggi, asosiy yangiliklarni o‘quvchilarimga namoyish qilib boryapman. Bunga o‘quvchilarim ham juda qiziqadi va natijada darslarim samaradorligi oshayotganiga guvoh bo‘ldim”, — deb yozadi.
Izoh (0)