Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

2-mayda Afrosiyob muzeyidagi “Elchilar” devoriy surati qayta tiklana boshlaydi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Foto: wiki.arxiv.uz

Foto: wiki.arxiv.uz

1965-yilda tasodifan topib olingan ushbu surat VII asrga tegishlidir. Devor sinchi yeyilishi natijasida rasm yo‘qolib ketishi mumkin, shuning uchun uni qisqa vaqt ichida to‘liq restavratsiya qilish talab etiladi.

So‘g‘diyonadagi fransuz-o‘zbek arxeologik missiyasi tashabbusi bilan, O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari bo‘yicha vazirligi bilan bitim doirasida Afrosiyob tasvirlarini saqlash bo‘yicha uyushma tuzildi hamda mablag‘ yig‘ish uchun xalqaro tender e’lon qilindi.

Loyiha YuNESKOning Toshkentdagi byurosi hamkorligida amalga oshiriladi. To‘rt yilga mo‘ljallangan ishlar fransiyalik mutaxassis Jeraldin Frey rahbarligida bajariladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Andijonda adliya aralashuvidan so‘ng 174 nafar tibbiyot xodimining kechiktirilgan ta’til pullari undirib berildi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi