Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Samarqandda kanalizatsiya tarmoqlari va tozalash inshootlari rekonstruksiyasining yakunlovchi davri jadal bormoqda. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar berdi.

Foto: polyplastic.ua

Foto: polyplastic.ua

Modernizatsiya ishlari Butunjahon bankining “Buxoro va Samarqandning tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Dastur 2009-yilda start olgan, u jami olti yilga mo‘ljallangan. Samarqandning o‘zida uning qiymati 30 million dollardan oshadi.

Nasos bilan suv haydash stansiyalari qurish va Panjikent ko‘chasida 2,2 kilometr uzunlikdagi yangi kanalizatsiya kollektori yotqizish ishlari tugallandi. Shuningdek, Qo‘shhovuz, Amir Temur, Dahbet ko‘chalaridagi kanalizatsiya tarmoqlari rekonstruksiya qilinib, Narpay va Buyuk ipak yo‘li ko‘chalariga yangi tizimlar o‘rnatildi.

Ishlar tugagach, 2012—2014-yillarda Samarqand shahrida yangilangan kanalizatsiya tarmoqlarining umumiy uzunligi o‘n kilometrdan oshadi. 2015-yilgacha esa 32,5 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi va quriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar