Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Pokiston bosh vaziri Navaz Sharif mamlakatdagi uy-joy-kommunal xo‘jaligi xizmatlariga to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish ustidan qat’iy nazorat olib borish haqida buyruq berdi. Oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas, o‘zining rezidensiyasidagi gaz puli to‘lanmagani uchun o‘chirib qo‘yildi. Bu haqda Pakistan Today gazetasiga tayanib “ITAR-TASS” xabar berdi.

Navaz Sharif. Foto: itar-tass.com

Navaz Sharif. Foto: itar-tass.com

Bosh vazirning to‘lanmagan hisoblari 4,7 million Pokiston rupiyasi (taxminan 48 ming dollar)ga teng bo‘lib chiqdi.

Sui Northern Gas Pipelines Limited gaz yetkazib beruvchi kompaniyasining ma’lum qilishicha, parlament binosida ham gaz uchun pul to‘lanmagan: qarzdorlik 7,7 million rupiya (78 ming dollar)ni tashkil etadi. Federal shariat sudi esa gazdan 2,2 million rupiya (23 ming dollar) qarzdor.

SNGPL bu muassasalarni avval ham bir necha marta ogohlantirgan, biroq natija bo‘lmagach, ularni gazdan uzib qo‘ygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi