Amerikaning IT-kompaniyalari qator Rossiya banklari va ularning tuzilmalariga nisbatan e’lon qilingan sanksiyalarga qo‘shildi. Bu haqda gazeta.ru xabar berdi.
Nashrning “Rossiya” bankidagi manbasi aytishicha, bankdagilar xorijiy dasturiy ta’minotning “erta-indin” o‘chirilishini kutishmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Microsoft va Oracle xodimlari sanksiyaga tushgan banklardan birining vakili bilan uchrashgan, biroq hozircha ularni o‘z dasturlaridan uzib qo‘ymagan. Ayni paytda bank mutaxassislari Amerika IT-kompaniyalari mahsulotlarini boshqasi bilan almashtirish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rmoqda.
Hewlett-Packard kompaniyasi ham sanksiyalarga qo‘shildi va banklarga zarur mahsulot yetkazib berishni to‘xtatdi. IT-kompaniyalarning biri ta’kidlashicha, ularning AQSh sanksiya e’lon qilgan kompaniyalar bilan hamkorlikni davom ettirishga haqlari yo‘q.
Izoh (0)