“Barselona” himoyachisi Daniel Alvesga banan otgan “Vilyarreal” klubi muxlisi politsiya tomonidan hibsga olindi, deb xabar beradi El Pais.
26 yoshli David Kampayo Lyeo asosiy qoidalar va jamoatchilik erkinligiga qarshi jinoyat sodir etgani uchun qamoqqa olindi. Futbol ishqiboziga qanday jazo qo‘llanilishi ma’lum qilinmagan.
Avvalroq, “Vilyarreal” bu muxlisga jamoa o‘yinlariga tashrif buyurishni butunlay taqiqlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Daniel Alves 27-aprel kuni “Madrigal” stadionida o‘tkazilgan Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda irqchilik ruhida haqoratlangan edi. Muxlislardan biri unga banan otgan, ammo Alves o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, o‘sha bananni yeb qo‘ygan edi.
Keyinroq esa mashhur futbolchilar Daniel Alvesni qo‘llab-quvvatlash uchun banan bilan suratga tushgan.
Izoh (0)