Uzinfocom Markazi Uz milliy domenining 19 yilligi munosabati bilan barcha internet foydalanuvchilariga For.Uz loyihasini taqdim etadi. Ushbu loyiha o‘z shaxsiy saytini ochgan holda alohida domen sotib olishni istamagan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu loyiha orqali uchinchi darajali domendan bepul foydalanish mumkin, u qo‘yidagi ko‘rinishda aks etadi: ism.for.uz, “ism” o‘rniga foydalanuvchi o‘z ismini yoki tanlagan ismni yozishi mumkin.
Bepul domenni qo‘lga kiritgan foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra uni mavjud yoki yangi saytga biriktirishi, shu bilan bir qatorda zaxirada saqlash imkoniyatiga ega.
Domenni qo‘lga kiritish uchun ID.uz — Yagona ro‘yxatdan o‘tish tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, PassportID maqomiga ega bo‘lish lozim.
“Umid qilamizki, yaqin kunlarda internetning milliy segmentida bo‘sh domenlar o‘rnini qiziqarli saytlar egallaydi”, — deyiladi Uzinfocom press-relizida.
Izoh (0)