Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida Koreya Respublikasining Junior Chamber International — JCI xalqaro yoshlar tashkiloti vakillari, Cha universiteti qoshidagi Pundan Cha gospitali vrachlari va o‘zbekistonlik shifokorlar yuragida tug‘ma nuqsoni bor bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Tibbiy ko‘rik jarayonida xastaligi aniqlangan bolalar O‘zbekiston shifoxonalari va Janubiy Koreya klinikalarida sog‘lomlashtiriladi.
Xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘rik va muolajalar kasalliklarning oldini olish, bolalarni sog‘lomlashtirish, o‘zaro tajriba almashishda muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro tashkiloti, Janubiy Koreyaning Save the Children xalqaro jamg‘armasi, KOFIH jamg‘armasi, Cha universiteti qoshidagi Pundan Cha va Inxa universiteti gospitallarida bemor bolalar bepul davolanmoqda.
Izoh (0)