Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bugun, 29-aprel kuni Samsung kompaniyasi Singapurda o‘zining yangi Galaxy K zoom kamerofonini taqdim etdi. Koreyslar o‘z “zoom”-smartfonlarini alohida seriyaga kiritishga va qurilmani avval nazarda tutilganidek Galaxy S5 zoom deb atamaslikka qaror qildi. Bu haqda mail.ru xabar berdi.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Avvalgisiga (Samsung Galaxy S4 zoom) qaraganda, yangi qurilma smartfonga ko‘proq o‘xshaydi. Korpusda “yashiringan” obyektiv hisobiga kompakt fotoapparat o‘zgacha ko‘rinish olgan, biroq odatdagi devayslardan ancha qalin (obyektivli qismi 20,2 mm) va og‘irdir (200 gramm).

Galaxy K zoom’ning tashqi qiyofasi Galaxy S5’ga o‘xshash bo‘lsa-da, u uch xil — ko‘k, qora va oq ranglarda chiqariladi.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Yangi kamerofon 1/2,3 dyuymli, 20,7 megapikselli BSI CMOS matritsasiga va 10 marotaba optik zumga ega.

Samsung Galaxy K zoom olti yadroli Exynos 5260 protsessori bilan jihozlangan, 2 Gb tezkor, 8 Gb ichki xotiraga ega. Qurilmaga 4,8 dyuymli, 1280×720 o‘lchamdagi Super AMOLED displeyi o‘rnatilgan. U Android 4.4.2 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasidagi tirbandliklar tugamoqda — OAV
Mahalliy
“Uyiga begona erkaklarni olib kelmaslik masalasida tortishgan”. Onasini o‘ldirgan buxorolik yigit voqeasining sababi ochiqlandi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga jo‘nab ketdi