Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatining so‘nggi kuni yana bir o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Abror Mamasoliyev (-130 kg) bronza medali sovrindori bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tariqa, mazkur Osiyo chempionatida O‘zbekiston sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan medallar soni oltitaga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, Abror Mamasoliyevga qadar yunon-rum kurashchilaridan Elmurod Tasmurodov (-59 kg) oltin, Rustam Assakalov (-85 kg) kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Bundan tashqari, uch nafar o‘zbekistonlik erkin kurashchi Furqat Farmonov (-65 kg), Ixtiyor Navro‘zov (-70 kg) va Rashid Qurbonov (-86 kg) o‘z vazn toifalarida bronza medali sohibi bo‘lgan.
Izoh (0)