Nissan kompaniyasi avtomobil kuzovi uchun suv va loyni o‘ziga yuqtirmaydigan maxsus bo‘yoq texnologiyasini sinovdan o‘tkaza boshladi. U avtomobil egalarini mashinani yuvish zaruriyatidan xalos qilishi mumkin. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Yangi texnologiya Yevropa bozoridagi Nissan Note’da qo‘llaniladi. U Ultra-Ever Dry deb nomlanib, Nissan tomonidan birinchi marotaba foydalaniladi.
Maxsus bo‘yoq gidrofob va oleofoblik xususiyatlariga ega bo‘lib, loy va yomg‘ir suvini o‘ziga yuqtirmaydi. Bunga bo‘yoq ustida ushlanib turadigan yupqa havo qatlami yordamida erishiladi. Loy, suv va turli yog‘lar havo qatlami ustidan sirg‘alib tushib ketadi, natijada mashinaga tegib yoki yopishib qolmaydi.
Qoplamaning samaradorligini tekshirib ko‘rish maqsadida Nissan Technical Centre muhandislari yangi avtomobilni bir necha oylar davomida atrof-muhitning turli sharoitlarida sinab ko‘radi. Hozircha Nissan Note ko‘lmaklar, yomg‘ir, loygarchilik va ayoz sharoitlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Izoh (0)