Gruziya sobiq prezidenti Zviad Gamsaxurdia shaxsiy soqchilari boshlig‘i Gocha Baxiya mahalliy millatchilar orasidan Ukrainadagi rossiyaparast faollar bilan kurashda qatnashish uchun ko‘ngillilar tanlab ola boshladi. Bu haqda “Izvestiya” gazetasi xabar berdi.
Nashrning Gruziya parlamentidagi manbasi ma’lum qilishicha, asosan, hali siyosiy qarashlar bo‘yicha bir qarorga kelmagan yoshlar va aksilrossiya siyosiy oqimlari ishtirokchilari ko‘ngilli bo‘lib chiqmoqda.
Ushbu operatsiya Gruziyaning “Erkin hudud” MST va “Yagona milliy harakat” partiyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Biroq ushbu tashkilotdagilar ma’lumotni izohlashdan bosh tortdi.
Izoh (0)