Beeline aloqa operatori va Yorsh Pub restorani Beeline Club’ning Facebook’dagi sahifasida “Ikki kishilik tushlik” tanlovini o‘tkazadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
13-may soat 12:00 da Beeline Club foydalanuvchilari tanlov posti ostida o‘z umr yo‘ldoshlarining ismini boshida @ belgisini qo‘yib, sharh qoldirishi kerak. O‘z sharhi ostida eng ko‘p “Layk” (“Menga ma’qul”) belgisini to‘plagan foydalanuvchi Yorsh Pub restoranida tushlik uchun ikki kishilik taklifnomani qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)