• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi Innovatsion g‘oyalar yarmarkasida 14 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi

    Toshkentda VII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi yakunlandi, deb xabar berdi O‘zA.

    VII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida. Foto: O‘zA

    VII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida. Foto: O‘zA

    O‘zbekiston olimlari va mutaxassislari tomonidan yaratilgan yangiliklarni joriy etish borasida qiymati qariyb 14,1 milliard so‘mlik 320 dan ortiq shartnomalar tuzildi. Bu 23—25-aprel kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tgan yarmarkaning dastlabki natijalaridir.

    2014-yilgi yarmarka 1,5 mingdan ziyod ishtirokchi – vazirliklar, idoralar, bank sektori, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermer xo‘jaliklari, Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, alohida ixtirochilarni birlashtirdi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va farmakologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, fan va ta’lim sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qariyb 500 ishlanma, innovatsion g‘oya va loyihalar namoyish etildi.

    VII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida. Foto: O‘zA

    VII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida. Foto: O‘zA

    “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi korxonalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi institutlari va oliy o‘quv yurtlari bilan yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha bir necha milliard so‘mlik shartnomalar imzoladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” unitar sho‘ba korxonasi uchun uglevodorodli bug‘lanadigan omilni qo‘llash orqali neft-gaz kondensati aralashmasini ratifikatsiyalashning sanoat sinovi va ilmiy-texnika hujjatlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Mikrobiologiya instituti “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho‘ba korxonasi bilan hamkorlikda neft mahsulotlari va tuproqni tozalashning ekologik toza biotexnologiyasini sinovdan o‘tkazadi.

    Yarmarkada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bilan umumiy qiymati 1,2 milliard so‘mlik 15 shartnoma va kelishuv imzolandi. Universitetning innovatsion mahsulotlariga buyurtma berganlar orasida “O‘zelektrtarmoq” unitar korxonasi, “O‘zmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Surxon parmalash ishlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati, fermer xo‘jaliklari va boshqalar mavjud.

    VII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida. Foto: O‘zA

    VII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida. Foto: O‘zA

    – Innovatsiyalar yarmarkasidagi ishtirokimizdan ko‘nglimiz to‘ldi, – deydi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining o‘simliklarni himoya qilish laboratoriyasi boshlig‘i Mirxalil Xoldorov. – Yarmarkada 4 innovatsion ishlanmani namoyish etdik. Ular qovun kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish, sabzavot va poliz ekinlarini o‘stirishda qora plyonka va tomchilatib sug‘orish usulidan foydalanish, kartoshka yetishtirishda mikrobiologik o‘g‘itlarni qo‘llash, sabzavot ekinlari ko‘chatlarini maxsus kassetalarda o‘stirishga yo‘naltirilgan. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yordam beradigan ushbu innovatsion texnologiyalarga, ayniqsa, fermerlar ko‘proq qiziqish bildirdi.

    VII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida. Foto: O‘zA

    VII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida. Foto: O‘zA

    Yarmarka ishtirokchilari mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Yarmarka doirasida innovatsion faoliyatni axborot bilan ta’minlashni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, o‘tkazilgan davra suhbatlarida muqobil energetikani rivojlantirish istiqbollari va yosh olimlar hamda talabalarni innovatsion faoliyatga jalb etishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    27.04.2014, 10:38   Izoh (0)   9279
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zLiDePning “Diplom bilan biznesga” loyihasi doirasida 2800 nafar bitiruvchi o‘z biznesini ochdi

    24.04.2014, 22:53

    Toshkentdagi “Labzak” biznes markazida gaz portlashi yuz berdi

    23.04.2014, 23:36

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” aeroportlarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

    19.04.2014, 09:00

    2014-yilning 1-choragida xalqaro moliya institutlaridan O‘zbekistonga 150 mln dollar mablag‘ jalb etildi

    18.04.2014, 15:20

    May oyida “O‘zbektelekom” GSM-operator yaratish uchun tenderlar e’lon qiladi

    18.04.2014, 10:55

    Yil oxirigacha Qashqadaryoda 2 ta kompressor stansiyasi ishga tushiriladi

    17.04.2014, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.