Siemens konserni rahbariyati Yevropa Ittifoqi va AQShning Rossiya bilan munosabatidagi barcha sanksiyalarga amal qilishga va’da bermoqda. Bu haqda Siemens bosh direktori Jo Kezer so‘zlariga asoslanib Die Welt xabar bergan, deb yozadi Gazeta.ru.
Kezer Ukrainadagi inqiroz kuchayishi xavfini qayd etib, Siemens Rossiyaga qarshi xalqaro hamjamiyat tomonidan kiritilgan barcha sanksiyalarga qat’iyan amal qilishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, 2014-yil mart oyida Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashuvda Kezer Ukraina va tanglikni kamaytirish haqida gaplashib olish zarurligini bildirgan. Uchrashuvda Kezer Siemens’ning Rossiya bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha Germaniya hukumati tomonidan bosim yo‘qligini qayd etgan.
Izoh (0)