AQSh prezidenti Barak Obama KXDR Amerikaga “to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid” solayotganini ta’kidlagan. Renxap agentligining ma’lum qilishicha, Obama Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida Seulga uyushtirilgan ikki kunlik rasmiy tashrifi chog‘ida o‘z fikrini bayon qilgan. Oq uy rahbari Pxenyanning bunday provokatsion harakatlari Shimoliy Koreyaning yanada kuchliroq izolyatsiya qilinishiga sabab bo‘lishini ta’kidlagan. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
O‘z navbatida Pak Kin Xe ham Janubiy Koreya va AQSh KXDR tomonidan amalga oshirilayotgan tahdidlarni to‘xtatish uchun barcha zarur choralarni qo‘llashini ma’lum qildi. “KXDR yaqin orada o‘zining to‘rtinchi yadroviy sinovini o‘tkazishi mumkin”, — dedi Janubiy Koreya prezidenti.
Shuningdek, Janubiy Koreya va AQSh ikki mamlakatning raketa hujumlariga qarshi mudofaa tizimini birlashitirishga kelishib olganligi e’lon qilindi.
Izoh (0)