O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon yangi “Orzuim” qo‘shig‘ini namoyish etdi, deb xabar bermoqda “Sayyod”.
Tarona musiqasi Sevara Nazarxonga, matni esa Nurmuxammad Isroilga tegishli. Xonandaning ta’kidlashicha, ushbu qo‘shiq oila qadriyatlari haqidadir.
“Yaqin kunlarda “Meni sev” qo‘shig‘imga ishlangan klipni ham taqdim etaman. Video Malayziya orollarida suratga olingan bo‘lib, montaji Timur Primqulovga tegishli”, — deb qo‘shimcha qiladi Sevara Nazarxon.
Izoh (0)