Qashqadaryo viloyatida joylashgan Alan konida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihasi doirasida “Muborakneftgaz” unitar sho‘ba korxonasiga 75,7 million dollar miqdorida texnologik asbob-uskunalar keltiriladi. Bu haqda “Turkiston press” xabar berdi.
O‘zbekiston hukumatining 2014-yil 9-apreldagi tegishli qaroriga asosan, umumiy qiymati 250,2 million AQSh dollarini tashkil etadigan mazkur loyiha bo‘yicha konda 27 ta quduq burg‘ulash belgilangan. Shuningdek, bu yerda yiliga 5 milliard kubometr tabiiy gazning bosimini ko‘tarib berishga mo‘ljallangan siquv-kompressor stansiyasi ham barpo etiladi.
Izoh (0)