24—25-aprel kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Roman-german filologiyasi fakultetida “Bitiruvchilar yarmarkasi” bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda ish beruvchilar, Taqsimot komissiyasi, universitet bitiruvchilari hamda ustoz-murabbiylar qatnashmoqda, deb xabar beradi UzReport.
2014-yil holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, 2014—2015-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga ishga kirishi kutilayotgan chet tili o‘qituvchilarining umumiy soni 1938 nafarni, ya’ni ingliz tili bo‘yicha 1701 nafar, nemis tili 146 nafar, fransuz tili 87 nafar va boshqa tillar bo‘yicha 4 nafarni tashkil etadi. Shu davr ichida shartnoma imzolagan bitiruvchilar soni 979 nafarga yetdi.
Xususan, O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, oliy o‘quv yurtlarida ta’limning yangicha, o‘ziga xos uslublari joriy qilindi. Bu esa o‘z navbatida intiluvchan yoshlarning yutuq hamda muvaffaqiyatlarga erishishini ta’minlash, jamiyatning turli jabhalarida xizmat qiladigan yetuk malakali mutaxassislar tayyorlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi, deyiladi UzReport xabarida.
Izoh (0)