Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bolgariyaning Sofiya shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: sportinfo.kz

Foto: sportinfo.kz

Dunyoning 100 dan ziyod davlati vakillari ishtirok etgan dunyo birinchiligida O‘zbekiston vakillari bitta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medalga sazovor bo‘lib, ikki yil avval Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida erishilgan natijani (bittadan oltin va kumush) yuksaltirishga muvaffaq bo‘ldi.

Jahon chempionatining oltin medalini Bektemir Meliqo‘ziyev (-69 kg) qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sulaymon Latipov (-49 kg) kumush, Iqboljon Xoldorov (-60 kg) va Kozimbek Mardonov (-75 kg) esa bronza medal bilan taqdirlandi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jahon chempionatining medallaridan tashqari, joriy yilning 16—28-avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida o‘tkaziladigan II o‘smirlar yozgi Olimpiya o‘yinlariga ham uchta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi (qoidaga ko‘ra har bir terma jamoa ko‘pi bilan uchtadan Nankin—2014 o‘yinlarining yo‘llanmasiga ega bo‘lishi mumkin edi).

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Filmdagi roli sabab kompyuter grafikasi yordamida “yoshartirilgan” aktyorlar (foto) 
Dunyo
Boeing va Airbus’ga raqib: Xitoyning C919 yo‘lovchi samolyoti ilk parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
Mahalliy
Andijonda 20 yoshli yigit kanalga tushib ketgan qizni qutqaraman deb o‘zi cho‘kib ketdi