Urganch shahrini qayta qurish va obodonlashtirish ishlariga joriy yilda 1,6 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanib, yoshlar uchun bir qator yirik o‘quv binolari, sport inshootlari va dam olish maskanlari barpo etilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Urganch shahridagi Shovot kanali bo‘yida qad rostlagan zamonaviy xizmat ko‘rsatish inshootlari va sport maydonchalari yoshlarning madaniy hordiq chiqarishi, salomatliklarini tiklashiga xizmat qilmoqda. Ayni paytda shaharning Yoshlik massivida yopiq manej majmuasi, gimnastika zali, 2 sport zali va basseyn, basketbol va badminton markazlarining qurilishi davom ettirilmoqda.
Ta’kidlash joiz, 2013-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali yangi binosi, talabalar turar-joyi qurildi. “Yoshlar ko‘li”, ikkita sport majmuasi, shuncha musiqa va san’at maktabi yangidan bunyod etildi. 21 umumta’lim maktabi va 7 kasb-hunar kolleji, 5 umumta’lim maktabining sport zali kapital ta’mirlandi.
Izoh (0)