Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi qachonlardir mamlakatning amaldagi prezidenti Fransua Ollandning sobiq fuqarolik xotinini yo‘ldan urmoqchi bo‘lgan, deya xabar bermoqda Angliyaning The Telegraph gazetasi.
Xabar berishlaricha, Sarkozi 2007-yili Fransiya prezidenti etib saylanganidan ikki oy o‘tib, Yelisey saroyida tashkil etilgan kechada siyosiy jurnalist Valeri Triyerveylerga mulozamat qilgan. Gazetaning qayd etishicha, o‘sha vaqtda Triyerveylerning Olland bilan maxfiy aloqalari bo‘lgan.
Qayd etishlaricha, Sarkozi jurnalist ayolga: “Siz ajoyibsiz. Biz bir-birimiz bilan uchrashib turishimiz kerak”, – degan. Biroq Triyerveyler Fransiyaning o‘sha vaqtdagi prezidentining mulozamatlarini rad etgan.
Patris Mashyurning “L’Enfant Terrible: Sarkozi davrida Yeliseydagi hayot” kitobida qayd etilishicha, aynan shundan so‘ng Sarkozi va Triyerveylerning munosabatlari dushmanona tus olgan, deb ma’lum qiladi “Kun”.
2012-yili Triyerveyler Fransiyaning birinchi xonimiga aylangan edi, biroq 2014-yil yanvarida u Olland bilan shaxsiy munosabatlarini tugatgani va ajrashganini ma’lum qildi.
Izoh (0)