O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o‘tkazilayotgan BRD Nastase Tiriac Trophy xalqaro turnirining juftlik musobaqalarini ham muvaffaqiyatli boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Chexiyalik sherigi Lukash Rosol bilan bahslarga kirishgan Denis birinchi bosqichda Lukash Dlouxi (Chexiya) va Jonatan Marrey (Buyuk Britaniya) duetini 7:6, 7:5 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi bosqichga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin mukofot jamg‘armasi 485 760 yevroni tashkil etgan mazkur xalqaro turnirning yakkalik bahslarini ham g‘alaba bilan boshladi.
Xalqaro turnir g‘olib va sovrindorlari 27-aprel kuni ma’lum bo‘ladi.
Izoh (0)