Bolgariyaning Sofiya shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionati yarim final janglarida vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar musobaqasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan Sulaymon Latipov ozarboyjonlik Rufat Xuseynov bilan kechgan yarim final jangida ham zafar quchib, musobaqaning finaliga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
24-aprel kuni o‘tkaziladigan final jangida Sulaymon Latipov va qozog‘istonlik Shalkar Ayxinbay oltin medal uchun kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqaning yarim finaliga chiqqan to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi joriy yilning 16—28-avgust kunlari Nankin shahrida o‘tkaziladigan II o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari litsenziyalarini qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)