Aviatashuv xizmatlarini amalga oshirishni tartibga solinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-martdagi 67-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Kiritilgan o‘zgartishlarga asosan xorijiy aviatashuvchi agentlarining chet el valyutasida olingan komissiya mukofoti 50 foizi vakolatli bankka sotilishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, Havo qatnovi bosh agentligi Davlat unitar korxonasining agentlari aviatashuvlar realizatsiyasi yuzasidan chet el valyutasidagi komissiya mukofotining 50 foizi xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli bankka majburiy sotiladi.
Ta’kidlash joiz, avval chet el valyutasida olingan komissiya mukofoti Havo qatnovi bosh agentligining agentlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to‘liq hajmda sotilar edi.
Izoh (0)