Bolgariyaning Sofiya shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida barcha vazn toifalarida yarim finalchilar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, qoidaga ko‘ra “Nankin—2014” o‘yinlariga har bir terma jamoa ko‘pi bilan uchta yo‘llanma olishi mumkin. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari esa to‘rtta yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Endi o‘smirlar Olimpiyasiga yo‘l oladigan uch nafar sportchining nomi O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatining yarim final bahslari 23-aprel kuni o‘tkaziladi. Quyida final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladigan hamyurtlarimizning raqiblari berilgan:
49 kilogrammgacha vazn toifasida S. Latipov — R. Xuseynov (Ozarboyjon)-60 kg I. Xoldorov — A. Jusupov (Qozog‘iston)-69 kg B. Meliqo‘ziyev — J. Solano (Dominikan)-75 kg K. Mardonov — D. Nesterov (Rossiya)
Izoh (0)