Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi FIDE Gran-Prisining to‘rtinchi bosqich 10-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Olamsport” sayti xabar berdi.
Nafisa qora donalarda rossiyalik Aleksandra Kostenyukka qarshi bellashdi. Bahsda o‘zbekistonlik grossmeyster imkoniyatni boy berdi. Hozirgacha Nafisa Mo‘minova to‘rt ochko jamladi.
11-turda O‘zbekistondagi yagona ayol grossmeyster oq donalarda Stefanova Antoanetaga (Bolgariya) qarshi dona suradi.
Izoh (0)